O‘zgidromet: 7 noyabrda qor va yomg‘irsiz ob-havo bo‘ladi

1 daqiqa o'qish3.6K
O‘zgidromet: 7 noyabrda qor va yomg‘irsiz ob-havo bo‘ladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo asosan bulutli bo‘lib, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat tungi soatlarda 3–8 daraja sovuq, kunduzi esa 7–12 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo quruq bo‘ladi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 10–15 daraja iliq.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat tungi paytda 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ob-havo biroz bulutli, lekin quruq bo‘ladi. Kechasi 0–5 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq havo kuzatiladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ham quyoshli va barqaror ob-havo saqlanadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo Toshkent viloyatining 2000 metrdan yuqori qismida qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Sinoptiklar fuqarolarni havo sovuqlashishi va tog‘li hududlardagi xavfli holatlar sabab ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?