
Hukumatning 2025-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi, deb xabar berdi hukumat portali.
Unga ko‘ra, mazkur nishon ijtimoiy himoya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan. Nishon bilan taqdirlash tartibi tegishli nizomda belgilandi.
Taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 20-aprelgacha Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi. Komissiya xulosasidan so‘ng, 20-mayga qadar Agentlik direktori tomonidan mukofotlash to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
Nishon topshirish marosimi har yili 1-iyun kuni, Agentlik tashkil etilgan sana arafasida o‘tkaziladi.
Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti beriladi. Mazkur xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘laridan qoplanadi.
Shuningdek, ayrim hollarda Agentlik direktorining buyrug‘i asosida nishon alohida tartibda ham topshirilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.