Tanqidiy sessiya: Kambag‘allikka qarshi kurashda 3 nafar rahbar lavozimdan ketdi!

1 daqiqa o'qish381
Tanqidiy sessiya: Kambag‘allikka qarshi kurashda 3 nafar rahbar lavozimdan ketdi!

Bugun Guliston shahri, G‘ijduvon va Bo‘ka tumanlarida Xalq deputatlari mahalliy kengashining kechiktirilmasdan sessiyasi tashkil etildi. Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishlarda viloyat rahbarlari bevosita qatnashib, hududlardagi kamchiliklarni keskin muhokama qildilar.

Rahbarlar faoliyatiga qoniqarsiz baho

Muhokamada asosan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi sarmoyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarida shahar va tumanlarning avvalgi birinchi rahbarlarining sa’y-harakatlari qoniqarsiz deb baholandi. Uchala hududda ham aynan shu sabablar tufayli tashkiliy masala ko‘rildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yangi tayinlovlar

  1. Guliston shahar hokimi lavozimidan ozod etilgan Xojimanov Jamoliddin Xusniddinovich o‘rniga Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich tayinlandi.

  2. G‘ijduvon tumaniga sobiq hokim Ashurov Sherzod Raximovich o‘rniga «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelgan Umarov Farhod Baqoyevich tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

  3. Bo‘ka tumanida ham Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich vazifasidan ozod qilinib, uning o‘rniga Parkent tumani hokimi vazifasida ishlagan Isoqulov Sardor Dadajonovich nomzodi tasdiqlandi.

Ushbu keskin o‘zgarishlar rahbarlardan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda yuqori natijadorlik talab etilishidan dalolat beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?