date

Ekofaollar uchun 15 foizlik mukofot tizimi joriy etildi

Ekofaollar uchun 15 foizlik mukofot tizimi joriy etildi

Endilikda ekologik huquqbuzarliklarni fosh etgan fuqarolar moliyaviy rag‘batga ega bo‘ladi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan “Ekonazorat” tizimi va “@ecogovuzbot” orqali yuborilgan murojaatlarga asosan jarimaning 15 foizi muallifga mukofot sifatida beriladi.

Bu haqda qo‘mita raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi. U fuqarolarni faollikka chorlab, har bir kamera ekologik himoyaning vositasiga aylanishi kerakligini ta’kidladi.

“Huquqbuzarlikni aniqlang va mukofotingizni oling. Tinch hayot va toza havo uchun kurashda birgamiz”, – dedi Abduhakimov o‘z murojaatida. Yangi tizim aholini ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka undashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ekofaollar uchun 15 foizlik mukofot tizimi joriy etildi