date

Qimor saytlariga zarba: 70 dan ortiq portal bloklandi

Qimor saytlariga zarba: 70 dan ortiq portal bloklandi

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi saytlar faoliyatini o‘rganib chiqdi. Monitoring davomida jami 86 ta internet resursi tekshirildi va ularning aksariyati amaldagi qonunchilik talablarini buzganligi aniqlandi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, qonunga zid faoliyat yuritgan 70 ga yaqin sayt bloklangan. Ushbu resurslar foydalanuvchilarga pul tikish, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va noqonuniy qimor platformalarini reklama qilgan.

"Reklama to‘g‘risida"gi Qonunning 46-moddasiga binoan, O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning reklamasiga qat’iy taqiq qo‘yilgan. Raqobat qo‘mitasi mazkur talab buzilgan holatlarda choralar ko‘rishni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qimor saytlariga zarba: 70 dan ortiq portal bloklandi