date

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga Hyundai poyezdlari jo‘natildi

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga Hyundai poyezdlari jo‘natildi
Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlarining birinchi partiyasini rasmiy jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi, Koreya hukumati vakillari va Hyundai Rotem rahbarlari ishtirok etdi.

“Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan yangi tezyurar poyezdlar kelgusi yil Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishida qatnovlarni boshlaydi. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovlar yo‘lga qo‘yilgach, qariyb 1000 kilometrlik masofani taxminan 7 soatda bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston temir yo‘llari bilan 2024-yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarilgan ushbu poyezdlar O‘zbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yo‘l parkining birinchi qismi hisoblanadi. Kelgusida yana 5 ta shunday poyezd xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport tizimida raqamlashtirish va yuqori tezlikdagi qatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga Hyundai poyezdlari jo‘natildi