Topib olingan bank kartasidan qariyb 1 million so‘m sarflagan ayol qidirilmoqda

Topib olingan bank kartasidan qariyb 1 million so‘m sarflagan ayol qidirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda begona bank kartasini topib olib, undan xaridlar uchun foydalangan ayol aks etgan video tarqaldi. Videoda u dastlab karta PIN-kodini aniqlashga urinadi. Bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng esa parol kiritmasdan, ketma-ket bir nechta to‘lovni amalga oshirgani ko‘rinadi.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ayol karta egasining hisobidan jami qariyb 1 million so‘m sarflagan. Hozircha uning shaxsi aniqlangani yoki sarflangan mablag‘ egasiga qaytarilgani haqida ma’lumot yo‘q.

PIN-kodsiz to‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?

O‘zbekistonda ayrim bank kartalari orqali kontaktsiz usulda PIN-kod kiritmasdan to‘lov qilish imkoniyati mavjud. Bunday operatsiyalar uchun belgilangan limitlar bank, to‘lov tizimi va terminal shartlariga qarab farqlanadi. Ayrim holatlarda bitta limit doirasida bir nechta alohida tranzaksiyani amalga oshirish mumkin.

Mutaxassislar bank kartasini yo‘qotgan fuqarolarga zudlik bilan mobil ilova yoki bankning aloqa markazi orqali uni bloklashni tavsiya qiladi. Begona kartani topib olganlar esa undan foydalanmasdan, bankka yoki egasiga qaytarishi lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar