O‘zbekiston’da oltin quymalari arzonladi

1 daqiqa o'qish369
O‘zbekiston’da oltin quymalari arzonladi

2 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin quymalari narxlari keskin tushganini ko‘rsatmoqda: 5 grammli quyma 9 867 000 so‘mgacha arzonlagan.

Markaziy bank sahifasidagi yangilangan narxlar ro‘yxati quyidagicha:

  • 5 gramm — 9 867 000 so‘m
  • 10 gramm — 19 735 000 so‘m
  • 20 gramm — 39 469 000 so‘m
  • 50 gramm — 98 674 000 so‘m
  • 100 gramm — 197 347 000 so‘m

Shu bilan birga, 1 gramm oltin 1 973 400 so‘mga baholangan.

Nega bunday tushdi?

Bunda tashqi bozor ta’siri ham kuchli. Xalqaro maydonda oltin va kumush narxlari keskin qulagani, bu jarayonda Donald Trampning AQSh Federal zaxira tizimi rahbarligi uchun Kevin Uorshni nomzod sifatida ko‘rsatishi ortidan bozorda “qattiqroq pul siyosati” kutilmalari va dollar mustahkamlanishi omil bo‘lgani aytilmoqda. Shuningdek, CME Group marja talablarini oshirgani ham savdolarda majburiy sotuvlarni kuchaytirgan.

Qisqasi, “dam olish kunlarida” oltin biroz “shok” rejimiga kirib oldi. Kimdir uchun bu — arzonroq xarid imkoni, kimdir uchun — bozor qanchalik tez o‘zgarishini eslatadigan signal.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?