1 kilo palov qancha? Toshkentda eng qimmat bo‘lib chiqdi

O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash xarajatlari hududlar kesimida hisoblab chiqildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etilishicha, poytaxtda 1 kg palov tayyorlash uchun o‘rtacha 116 128 so‘m sarf bo‘ladi. Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 98 234 so‘m.
Hududlar bo‘yicha xarajatlar ro‘yxati:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 98 234 so‘m
Sirdaryo viloyati — 104 256 so‘m
Andijon viloyati — 106 160 so‘m
Xorazm viloyati — 107 027 so‘m
Buxoro viloyati — 107 931 so‘m
Namangan viloyati — 108 617 so‘m
Jizzax viloyati — 109 666 so‘m
Navoiy viloyati — 109 697 so‘m
Surxondaryo viloyati — 111 624 so‘m
Qashqadaryo viloyati — 111 922 so‘m
Toshkent viloyati — 112 607 so‘m
Samarqand viloyati — 112 930 so‘m
Farg‘ona viloyati — 115 413 so‘m
Toshkent shahri — 116 128 so‘m
Eslatma: ushbu raqamlar hududlarda sotilayotgan 1 kg tayyor palovning narxi emas. Hisob-kitobga palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib kiritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!