date

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz me’yori 15-martgacha uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz me’yori 15-martgacha uzaytirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 2026-yil 15-martgacha uzaytirildi, deb Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, "O‘zgidromet" prognozlariga ko‘ra, mart oyining dastlabki 15 kunida ushbu hududlarda havo harorati past bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli qaror qabul qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident topshirig‘i asosida Vazirlar Mahkamasi isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yorni aynan Qoraqalpog‘iston va Xorazm uchun uzaytirgan.

Shu tariqa, mazkur me’yor ushbu ikki hududda 2026-yil 15-martgacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz me’yori 15-martgacha uzaytirildi