O'zbekistonda hafta davomida yomg'ir va harorat pasayishi kutilmoqda

O'zbekistonda joriy ish hafta davomida yog'ingarchilik va havo haroratining pasayishi kutilmoqda. O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, respublikaning aksariyat hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, shimoliy hududlarda esa 3-4-mart kunlari yomg'ir qor bilan almashishi mumkin. Havo harorati kechasi +3...+8 daraja iliq, shimolda esa -3...+2 daraja atrofida bo'ladi. Kunduzgi harorat hafta o'rtasiga kelib +7...+10 darajagacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
2-6-mart kunlari tog' oldi va tog'li hududlarda kuchli yog'ingarchilik kuzatilishi sababli sel-suv toshqinlari hamda ko'chki xavfi mavjud. Poytaxt Toshkentda ham vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Hafta boshida kunduzi +11...+13 daraja bo'lgan harorat, keyinchalik +8...+10 darajagacha pasayadi. Shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!