date

Ob-havo sabab gaz bazaviy me’yori muddati barcha hududlarda uzaytirildi

Ob-havo sabab gaz bazaviy me’yori muddati barcha hududlarda uzaytirildi

Tabiiy gaz uchun qishki isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor respublika bo‘ylab 2026 yil 15 martgacha uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Vazirlikka ko‘ra, qaror yangilangan ob-havo prognozlari asosida qabul qilingan. Mamlakatning turli hududlariga sovuq havo oqimlari kirib kelishi ehtimoli saqlanib qolayotgani sababli aholini qo‘llab-quvvatlash choralari kuchaytirilmoqda.

Rasmiy xabarda aytilishicha, isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yor endi barcha hududlarda amal qiladi va 15-martga qadar saqlab qolinadi.

Shuningdek, 15-martdan keyingi davrda ham ob-havo sharoitlari hisobga olinadi. Agar zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tish joiz, avvalroq bazaviy me’yorni uzaytirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun belgilangan edi. Endi esa bu tartib respublikaning barcha hududlariga tatbiq etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ob-havo sabab gaz bazaviy me’yori muddati barcha hududlarda uzaytirildi