O‘zbekiston Naxichevanga qilingan dron hujumidan jiddiy xavotir bildirdi

5 mart kuni Ozarbayjonning Naxichevan Muxtor Respublikasi hududiga dronlar orqali hujum amalga oshirilgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa mintaqada xavotir uyg‘otgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ozarbayjonlik diplomat Naxichevanga qilingan hujum yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, dronlar orqali amalga oshirilgan hujum natijasida tinch aholi jabr ko‘rgan va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgan.
O‘zbekiston tomoni mazkur hujumdan jiddiy xavotir bildirib, bunday harakatlar xalqaro huquq prinsiplariga zid ekanini ta’kidladi. Shuningdek, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadigan har qanday harakat mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!