date

Fuqarolarni tezroq qaytarish uchun yangi mexanizm ish boshladi

Fuqarolarni tezroq qaytarish uchun yangi mexanizm ish boshladi

Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator yoki turagentlar orqali sayyohlik maqsadida borgan O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, @tourism_murojaat_bot fuqarolar noqulay yoki murakkab vaziyatda qolib ketishining oldini olish maqsadida yaratilgan. Mazkur bot orqali sayyohlarning o‘zi yoki ularning yaqin qarindoshlari tegishli ma’lumotlarni kiritib, Turizm qo‘mitasini xabardor qilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, ushbu murojaatlar asosida fuqarolarni birinchi navbatda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Bu esa chet elda qolib ketgan vatandoshlar haqida tezkor ma’lumot olish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Shu bilan birga, bot orqali murojaat qoldirishda fuqarolardan aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etish so‘ralmoqda. Mas’ullar bu holat murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va tegishli yordamni o‘z vaqtida tashkil etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Fuqarolarni tezroq qaytarish uchun yangi mexanizm ish boshladi