Uy-joy xaridi va qurilish sohasida yangi tartib joriy etilmoqda

1 daqiqa o'qish3.7K
Uy-joy xaridi va qurilish sohasida yangi tartib joriy etilmoqda

O'zbekistonda ko'chmas mulk bozorini tartibga solish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida muhim o'zgarishlar kutilmoqda. 2026 yil 1 apreldan boshlab uy-joy oldi-sotdi shartnomalari faqat naqd pulsiz shaklda, ya'ni banklar orqali amalga oshirilishi shart bo'ladi. Bu qadam qurilish sohasidagi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq tushumlarini oshirishga xizmat qiladi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Shuningdek, 25 million so'mdan yuqori bo'lgan barcha tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob tartibi joriy etiladi. Ushbu qoida davlat xizmatlari, kommunal to'lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari hamda 10 yildan kamroq vaqt oldin ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosiga ham tatbiq etiladi.

Eng muhim yangiliklardan biri bu qurilish sohasida eskrou tizimining majburiy joriy etilishidir. Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga ko'ra, endilikda xaridorlar mablag'i to'g'ridan-to'g'ri quruvchiga emas, balki bankdagi maxsus eskrou hisob raqamiga o'tkaziladi. Quruvchi kompaniya ushbu mablag'ni faqat uy to'liq bitib, hujjatlari rasmiylashtirilgandan keyingina olishi mumkin bo'ladi.

Ushbu tizim fuqarolarni firibgarliklardan himoya qiladi va qurilishdagi chala qolgan obyektlar bilan bog'liq muammolarni bartaraf etadi. Hozirda ixtiyoriy ravishda ishlayotgan eskrou tizimi 2026 yil 1 iyuldan boshlab butun respublika bo'ylab majburiy tus oladi. Hukumat ushbu qonun loyihasini tez fursatda qabul qilib, qurilish sektoridagi xavflarni minimallashtirishni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?