Toshkent hokimligi kuchli shamol va yog'ingarchilikdan ogohlantirdi

1 daqiqa o'qish194
Toshkent hokimligi kuchli shamol va yog'ingarchilikdan ogohlantirdi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati poytaxt aholisi va mehmonlarini bugun kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti yuzasidan ogohlantirdi. Shaharda kuchli shamol va yog'ingarchilik bo'layotgani sababli fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko'rish so'ralmoqda.

Mutasaddilarning ta'kidlashicha, bunday ob-havo sharoitida elektr uzatish simlarining uzilishi hamda daraxtlarning qulashi kabi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, avtomobil egalariga o'z transport vositalarini daraxtlar va elektr tarmoqlari ostida qoldirmaslik qat'iy tavsiya etiladi.

Shuningdek, shahar ko'chalarida harakatlanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, o'zingiz va yaqinlaringiz hayotini hamda shaxsiy mulkingizni asrash muhimligi eslatib o'tildi. Hozirgi vaqtda barcha tegishli kommunal va qutqaruv xizmatlari to'liq shay holatga keltirilgan bo'lib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishga tayyor.

Agar qandaydir favqulodda vaziyat yuz bersa, fuqarolar zudlik bilan 112, 1055 qisqa raqamlariga yoki 71 212 69 80, 71 212 69 82 telefon raqamlari orqali mas'ul xizmatlarga murojaat qilishlari so'raladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?