O‘zgidromet: Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 5-oktyabr kuni O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
- Toshkentda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi prognoz qilingan.
O‘zgidromet 5 oktyabr, bugungi kun uchun ob-havosi prognozini ma’lum qildi.
Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soatiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–11 daraja, kunduzi esa 17–19 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.






























Izohlar 0
…