date

Toshkentdagi bugungi havo sifati haqida IQAir ma'lumot berdi

Toshkentdagi bugungi havo sifati haqida IQAir ma'lumot berdi

14 mart kuni Toshkent shahrida havo sifati salomatlik uchun xavfli darajaga yetib, aholiga e’tiborli bo‘lish zarurligi haqida ma’lumot berildi.

IQAir platformasining real vaqt ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Toshkentda havo sifati indeksi (AQI) 151 ni tashkil etdi va "Unhealthy" – zararli toifasiga kiradi. Asosiy ifloslantiruvchi modda PM2.5 bo‘lib, uning konsentratsiyasi 55,5 mkg/m³ ni tashkil etgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik tavsiya etilgan ko‘rsatkichidan 11,1 barobar yuqori.

IQAir tavsiyalariga ko‘ra, aholi ochiq havoda jismoniy faollikni cheklashi, derazalarni yopib turishi, tashqarida niqob taqishi va xona ichida havo tozalash uskunalaridan foydalanishi kerak.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda atmosfera havosini monitoring 26 shahardagi 66 ta statsionar post va 23 ta avtomatik stansiya orqali olib boriladi. Kuzatuvlar mahalliy vaqt bilan kunga uch marta – 07:00, 13:00 va 19:00 da amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi bugungi havo sifati haqida IQAir ma'lumot berdi