date

O'zbekistonda yana go'sht narxi oshib bormoqda!

O'zbekistonda yana go'sht narxi oshib bormoqda!

O‘zbekistonda go‘sht narxi so‘nggi bir oy ichida o‘rtacha 8 foizga ko‘tarildi. Bu ma’lumot Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdimotidan ma’lum bo‘ldi.

25 mart holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Eski juva” (Chorsu) bozorida mol go‘shtining ulgurji narxi 75–108 ming so‘m oralig‘ida sotilmoqda. Mol go‘shtining qovurg‘asi 75–80 ming, sarpanja 85–95 ming, son qismi esa 90–100 ming so‘mga yetgan. Muzlatilgan import go‘shti esa 85 mingdan 110 ming so‘mgacha baholangan. Qo‘y go‘shtining minimal ulgurji narxi 85 ming so‘m, maksimal narxi esa 110 ming so‘mni tashkil qiladi.

Haftalik o‘sish ko‘rsatkichlariga qaraganda, go‘shtning eng past narxi 7,1 foizga, eng yuqori narxi esa 2,9 foizga oshgan. Oy davomida esa narxlar mos ravishda 7,1 va 8 foizga ko‘tarilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonda yana go'sht narxi oshib bormoqda!