date

Qaysi viloyatlarda maktab o‘quvchilari eng ko‘p qayd etildi?

Qaysi viloyatlarda maktab o‘quvchilari eng ko‘p qayd etildi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6 million 870 ming 500 nafarni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga ko‘paygan. O‘quvchilarning 51,2 foizini o‘g‘il bolalar, 48,8 foizini esa qiz bolalar tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p o‘quvchilar Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar bo‘yicha o‘quvchilar soni:

  • Samarqand viloyati — 814,2 ming nafar
  • Farg‘ona viloyati — 733,4 ming nafar
  • Qashqadaryo viloyati — 688,1 ming nafar
  • Andijon viloyati — 634,7 ming nafar
  • Surxondaryo viloyati — 572,8 ming nafar
  • Namangan viloyati — 571,3 ming nafar
  • Toshkent shahri — 562,1 ming nafar
  • Toshkent viloyati — 547,2 ming nafar
  • Xorazm viloyati — 377,4 ming nafar
  • Buxoro viloyati — 348,4 ming nafar
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 375,5 ming nafar
  • Jizzax viloyati — 284,6 ming nafar
  • Navoiy viloyati — 195,7 ming nafar
  • Sirdaryo viloyati — 165,1 ming nafar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qaysi viloyatlarda maktab o‘quvchilari eng ko‘p qayd etildi?