
O‘tkazilgan hatlov natijasida bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha avval xususiylashtirilgan jami 27 mingdan ziyod ob’ekt ro‘yxati shakllantirilib, ular orasida 2000 dan ortiq bo‘sh turgan ob’ekt aniqlandi.
Hozirda ushbu bo‘sh turgan ob’ektlarning 990 tasining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, ular negizida jami 1,9 trillion so‘m miqdoridagi 16,4 ming yangi ish o‘rni yaratilishini ko‘zda tutuvchi 724 ta manzilli investisiya loyihasi ishlab chiqildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar