Qaysi davlatlardan Oʻzbekistonga koʻproq talabalar kelmoqda?

Qaysi davlatlardan Oʻzbekistonga koʻproq talabalar kelmoqda?
Qisqacha

O'zbekistonga o'qish maqsadida kelayotgan xorijiy talabalar soni sezilarli darajada oshmoqda. 2026 yilning yanvar-mart oylarida 15 124 xorijiy fuqarolar mamlakatga kelgan, bu o'tgan yilga nisbatan 8,5 ming nafarga ko'p. Eng ko'p talabalar Turkmenistondan (7 174), Hindistondan (2 835) va Tojikistondan (1 170) kelgan. Boshqa davlatlardan ham talabalar kelmoqda, jumladan, Qirg'izistondan 483, Pokistondan 438 va AQShdan 191 nafar.

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelayotgan xorijliklar soni sezilarli darajada oshmoqda.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2026 yil yanvar–mart oylarida jami 15 124 nafar xorijiy fuqaro mamlakatga taʼlim olish uchun tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 ming nafarga koʻp boʻlib, qariyb 2,3 barobarga oshgani qayd etilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, eng koʻp talabalar Turkmanistondan kelgan boʻlib, ularning soni 7 174 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, Hindistondan 2 835 nafar, Tojikistondan 1 170 nafar, Xitoydan 641 nafar talaba Oʻzbekistonni tanlagan.

Qirgʻiz Respublikasidan 483 nafar, Pokistondan 438 nafar, Misrdan 353 nafar va Janubiy Koreyadan 342 nafar talaba kelgani qayd etilgan.

Filippindan 286 nafar, AQShdan esa 191 nafar fuqaro taʼlim olish maqsadida tashrif buyurgan.

Qolgan 1 211 nafar xorijlik talabalar boshqa davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar