20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochiladi

20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochiladi

Raqamli hukumat” markazida O‘zbekistondagi birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Rejaga ko‘ra, kelasi yil uning quvvati uch barobar oshiriladi.

Joriy yilning o‘zida 20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududlardagi muammolarga sun’iy intellekt orqali yechim topish jarayonida ushbu superkompyuter hamda laboratoriyalardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.

So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirildi. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyiha boshlandi.

Shuningdek, Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon va Navoiy shaharlarida umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar qurilishi boshlanmoqda.

Bu loyihalar hisobiga 20 mingdan ortiq yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, ehtiyojmand oilalardagi 10 ming nafar yoshga noutbuk xarid qilish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

Qolgan qismi uchun esa uch yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar