O‘zbekistonda liftlar xavfsizligini baholash tartibi yangilandi

O‘zbekiston hukumati 19 iyundagi 316-son qaror bilan liftlar va ularning xavfsizlik qurilmalarini texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini baholash tartibini tasdiqladi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, liftlar hamda ularning tarkibiy qismlari majburiy sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Bu jarayon ishlab chiqarish korxonasidagi sifat tizimini auditdan o‘tkazish va uskunalarni belgilangan xavfsizlik standartlari asosida muntazam sinovdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Tekshiruv va sinovlar yakunlangach, rasmiy hisobot rasmiylashtiriladi hamda muvofiqlik sertifikati beriladi. Talablarga javob bergan liftlar va ularning ehtiyot qismlariga tekshiruvni o‘tkazgan organning identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan Milliy muvofiqlik belgisi qo‘yiladi.
Yangi tartib nosoz liftlardan foydalanishning oldini olish va lift xo‘jaligida xavfsizlik uchun bozor ishtirokchilarining javobgarligini oshirishga qaratilgan.































Izohlar 0
…