Prezident bir qizga Volkswagen sovg‘a qildi: bunga nima sabab bo‘ldi??

Prezident bir qizga Volkswagen sovg‘a qildi: bunga nima sabab bo‘ldi??

30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda mamlakatning eng faol va iqtidorli yoshlari o‘z innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi. Tadbir doirasida eng e’tiborli voqealardan biri ixtirochi qiz Ayzada Asanovaning Prezident sovg‘asi bilan taqdirlangani bo‘ldi.

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan taqdimotda davlat rahbariga ilm-fan, muhandislik va yuqori texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan bir qator istiqbolli ishlanmalar namoyish etildi.

Taqdimot davomida No‘monjon Ibrohimov “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida erishilgan natijalar hamda yurtimizda muhandislik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berdi.

Shuningdek, FPV dronlar poygasi bo‘yicha 2024–2025 yillar O‘zbekiston chempioni Biloliddin Ismoilov tomonidan ishlab chiqilgan “Shunqor-8” va “X1” antidron tizimlari ham taqdim etildi. U mazkur qurilmalarni yanada takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilaridan yana biri Diyora Kurmayeva bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriyani tajriba tariqasida tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Tantanali marosimning eng yorqin lahzalaridan biri esa “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ayzada Asanovaning taqdirlanishi bo‘ldi.

Iqtidorli yosh ixtirochi Prezident sovg‘asi sifatida Volkswagen elektromobili kalitini qabul qilib oldi. Shu bilan birga, u Belgiyada bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkonini beruvchi yo‘llanmaga ham sazovor bo‘ldi.

Mazkur e’tirof mamlakatda ilm-fan, innovatsiya va muhandislik sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar