O‘zbekistonda avtomobillar soni rekord darajaga yetgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda aholi tasarrufidagi avtotransport vositalari soni yil sayin ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yaqinlashgan.
2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, fuqarolar nomida ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalari soni 4 million 903 mingdan oshgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 344,6 mingtaga ko‘paygan.
Statistikaga ko‘ra, avtotransport vositalarining mutlaq ko‘pchiligini yengil avtomobillar tashkil etadi. Ularning umumiy ulushi 92,8 foizga teng bo‘lib, soni 4 million 552,3 ming donani tashkil qilgan.
Shuningdek, aholi tasarrufidagi transport vositalari quyidagicha taqsimlangan:
yengil avtomobillar — 4 mln 552,3 ming dona;
yuk avtomobillari — 330,3 ming dona;
mikroavtobuslar — 7,5 ming dona;
maxsus transport vositalari — 7,2 ming dona;
avtobuslar — 5,8 ming dona.






























Izohlar 0
…