Alisher Qodirov Mundialdan qaytgan futbolchilarimizning nimasidan norozi ekanligini ochiq aytdi

Alisher Qodirov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokini baholab, futbolchilarga minnatdorlik bildirdi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, jamoa kuchli raqiblarga qarshi qiyin o‘yinlarda maydonga tushgan va katta bosim ostida harakat qilgan. Shunga qaramay, futbolchilarning kurashchanligi va irodasi yaqqol ko‘ringan.
U mamlakat taraqqiyoti misolida futboldagi maqsadlar ham doim o‘sib borishini tushuntirdi. Qodirov 10 yil avval O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 50 milliard dollar bo‘lganini, olti yilda 150 milliard dollarga yetganini va 250 milliard dollarlik marra ko‘zlanayotganini aytdi.
Shundan kelib chiqib, u terma jamoaga qo‘yilayotgan talab ham o‘zgarganini bildirdi. Ilgari Jahon chempionatiga chiqish asosiy maqsad bo‘lgan bo‘lsa, endi turnirda natija ko‘rsatish talab etilishini ta’kidladi.
"Biz yigitlarning faqat Osiyoda qolib ketayotganidan norozi edik. Jahon chempionatiga chiqishsin dedik. Endi bu bilan ham to‘xtamaymiz, muvaffaqiyat kutamiz. Keyingi Jahon chempionatida ular katta shijoat bilan g‘alaba uchun kurashadi", dedi Alisher Qodirov.































Izohlar 0
…