O‘zbek alifbosi o‘zgaradi: deputatlar yangi qonunni ma’qulladi

1 daqiqa o'qish4.1K
O‘zbek alifbosi o‘zgaradi: deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
  • Yangi tahrirga muvofiq, amaldagi alifbo 28 ta mustaqil harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo'lishi rejalashtirilmoqda.
  • Ushbu islohotni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali budjet mablag'larining ortiqcha sarflanishining oldini olish va davlat xarajatlarini qisqartirish ko'zda tutilgan.

O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonun loyihasiga muvofiq, amaldagi alifbo tarkibi qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Yangi tahrirga ko‘ra, alifbo 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta mustaqil harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanish tartibiga ham aniqlik kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Muhokamalar davomida deputatlar ushbu islohotni bosqichma-bosqich va qulay tarzda amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, qonun kuchga kirgunga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar hamda davlat organlari va tashkilotlarining amaldagi peshlavha, ko‘rsatkich va boshqa ramziy belgilari belgilangan muddatgacha o‘z kuchini saqlab qolishi nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bunday yondashuv davlat idoralarida mavjud barcha hujjatlar, blankalar, ko‘rsatkichlar va boshqa vositalarni bir vaqtning o‘zida almashtirish zaruratini bartaraf etadi. Bu esa budjet mablag‘larining ortiqcha sarflanishining oldini olish, davlat xarajatlarini qisqartirish va alifbodagi yangiliklarni moliyaviy jihatdan maqbul tarzda bosqichma-bosqich joriy etish imkonini beradi.

Parlament muhokamalarida qayd etilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarini yanada takomillashtirish, davlat tilining raqamli muhitda qo‘llanilishini kengaytirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalariga moslashish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan bo‘lib, endi uni Senat ko‘rib chiqadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?