22 iyul ob-havosi: ayrim hududlarda yomg‘ir, kuchli shamol kutilmoqda

22 iyul ob-havosi: ayrim hududlarda yomg‘ir, kuchli shamol kutilmoqda

«O‘zgidromet» 22 iyul, chorshanba kuniga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Prognozga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati esa 39 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi. Ayrim viloyatlarda kuchli shamol, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va sel xavfi saqlanib qoladi.

Poytaxtda havo bir oz bulutli bo‘lib, kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esuvchi shamol 3–8 metr/sekund tezlikda bo‘ladi, ayrim paytlarda 12–14 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zonni yuzaga keltirishi mumkin. Harorat kechasi 23–25 daraja, kunduzi 32–34 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ham quruq va bir oz bulutli ob-havo saqlanadi. Sharqiy shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Havo bir oz bulutli bo‘lib, kunduzi 32–37 daraja, kechasi esa 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham quruq ob-havo hukm suradi. Shamol g‘arbdan sharqqa yo‘nalishini o‘zgartirib, 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng issiq ob-havo kuzatiladi. Bu hududlarda kunduzi havo 34–39 darajagacha qiziydi. Shamol ba’zi joylarda 20–22 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa ob-havo nisbatan salqinroq bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 28–33 darajani tashkil etadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham qisqa muddatli yomg‘irlar va momaqaldiroq kutilmoqda. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi mavjud. Shamol ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar