Kutilmagan o‘zgarish: ertadan O‘zbekistonda harorat pasayadi

Kutilmagan o‘zgarish: ertadan O‘zbekistonda harorat pasayadi

O‘zbekistonga kirib kelgan kuchli issiq havo to‘lqini ertadan, 21 iyuldan boshlab asta-sekin chekina boshlaydi. «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, respublika hududlarida havo harorati 6–9 darajaga pasayishi kutilmoqda.

Sinoptiklar ma’lum qilishicha, haroratning eng past ko‘rsatkichlari 23 iyuldan boshlab kuzatiladi. Shu tariqa so‘nggi kunlarda hukm surgan jazirama issiq o‘rnini nisbatan salqinroq ob-havo egallashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol esishi va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edi.

Bundan tashqari, «O‘zgidromet» 21–24 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Mutaxassislar fuqarolarga ob-havodagi keskin o‘zgarishlarni inobatga olish, ayniqsa tog‘li hududlarga safar rejalashtirayotganlar ehtiyotkor bo‘lishi lozimligini tavsiya etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar