O‘zbekistonda oltin qazib olish huquqi qariyb uch baravar qimmatlashdi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni yakka tartibda qazib olish huquqi uchun auksionning boshlang‘ich narxi bir gektar yerga 100 BHM etib belgilandi. Bu hozir 41,2 million so‘m bo‘lib, avvalgi 35 BHM yoki 14,4 million so‘mlik narxdan yuqori. 2026 yil 1 sentyabrdan BHM 440 ming so‘mga oshgach, boshlang‘ich baho 44 million so‘mga yetadi.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni yakka tartibda qazib olish huquqining auksiondagi eng kam boshlang‘ich narxi oshirildi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, endi bir gektar yer uchun savdo 100 BHMdan boshlanadi. Bu amaldagi hisobda 41,2 million so‘mni tashkil etadi. Avval mazkur ko‘rsatkich 35 BHM, ya’ni 14,4 million so‘m edi.
2026 yil 1 sentyabrdan BHM 440 ming so‘mga oshishi munosabati bilan bir gektar maydonning boshlang‘ich bahosi 44 million so‘mga yetadi.
Shuningdek, uglevodorodlar, oltin va boshqa rudali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun boshlang‘ich to‘lov xomashyo qiymatining 0,15 foizidan 0,6 foizigacha ko‘tarildi. Geologik qidiruv ishlari uchun belgilangan narxlar ham oshirildi.































Izohlar 0
…