Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasidagi guruhni boshqaradi

Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Guruhga tadbirkor Zafar Hoshimov jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Yangi ishchi guruhning asosiy vazifasi inson kapitalini rivojlantirish hamda uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqishdan iborat.
Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini tashkil etish va samarali tizimlarni yo‘lga qo‘yish tajribasiga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.
Bu tashabbus ta’lim sohasida yangi yondashuvlarni joriy etish, ta’limni mehnat bozori talablariga moslashtirish, raqobatni kuchaytirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish vazifalari bilan bog‘liq.
Zafar Hoshimov mazkur guruhga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi. U tadbirkor va «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i asoschisi hisoblanadi.
Shu bilan birga, guruh ishi doirasida ta’lim tizimining turli bosqichlari va uzluksiz ta’lim bo‘yicha yondashuvlarni qamrab olgan umummilliy konsepsiya ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.































Izohlar 0
…