O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulotlar uchun jarima oshiriladi

O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulotlar uchun jarima oshiriladi

O‘zbekistonda savdo nuqtalari tomonidan muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun jarimalar oshiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilish qoidalarini buzish, jumladan, ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun 20 BHMgacha jarima belgilanmoqda.

Yangi qoidalarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar uchun yagona sanitariya standartlari ham mustahkamlanadi.

Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar ochiq tarzda e’lon qilib boriladi. Bu orqali ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun mahsulot xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olish imkoniyati kengaytiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar