1 noyabrdan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi

1 noyabrdan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi

1 noyabrdan boshlab chorrahalar va qayrilib olish joylari yaqinida yo‘l chizig‘ini bosgan haydovchilarga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaydi.

Bu tartib hukumat qarori bilan belgilangan. Unga ko‘ra, aynan chorrahalar va qayrilib olish joylari yaqinidagi yo‘l chizig‘ini bosish holatlari bo‘yicha YPX xodimlari ma’muriy bayonnoma tuzmaydi.

Yangi qoida 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi. Ushbu o‘zgarish yo‘l chizig‘ini bosish bilan bog‘liq holatlarga taalluqli bo‘lib, boshqa yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish majburiyatini bekor qilmaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar