date

O‘zbekiston tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi

O‘zbekiston tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi

O‘zbekiston 189 mamlakat o‘rtasida 87-o‘ringa ko‘tarilib, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha etakchi davlatlar o‘nligiga kirdi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz tadbirkorlik muhitida 10 indikatorning 3tasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Mazkur ma’lumot 30 oktyabrda Toshkent shahrida Jahon banki raisligida bo‘lib o‘tgan JBning “Biznesni boshqarish 2016: sifat bahosi va nazorat samaradorligi” Markaziy Osiyo hisoboti namoyishida aytib o‘tildi.

Tadbir doirasida Toshkent, Ostona, Olma-Ota, Bishkek va Dushanbe ekspertlarini o‘zaro bog‘lagan videokonferensiya shaklidagi mintaqaviy munozara tashkil etildi.
JB mutaxassislari tadbirkorlikni boshqarish bo‘yicha tahlillarni xususiy biznesni tashkil etish, qurilish uchun ruxsat olish, elektr ta’minotiga ulanish, mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish, kreditlar olish, minoritar (kompaniyani boshqarishga aralashmaydigan) sarmoyadorlar huquqlari himoyasi, soliq solish, xalqaro savdo, shartnoma shartlari bajarilishining ta’minlanishi va to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan tadbirkorlikka ijozat berish kabi 10ta indikator yuzasidan olib boradi.

Videokonferensiyada qayd etilishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda umumiy miqdorda 14 islohot o‘tkazilib, ularda biznesni yuritish bo‘yicha qulayliklar yaratishni o‘z ichiga olgan 10 ko‘rsatkichning 9tasi qamrab olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi