Elektr energiyasi va gaz tariflari 10 foizga oshishi mumkin

1 daqiqa o'qish4.9K
Elektr energiyasi va gaz tariflari 10 foizga oshishi mumkin
Oʻzbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflarining oshirilishi haqidagi masala muhokama etilmoqda. Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ham shu haqida gap bordi.

Tadbir davomida “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari Odil Temirov ayni paytda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda gaz bahosini koʻtarish masalasi muhokama etilayotganini aytib oʻtdi.

Temirovning taʼkidlashicha, aholi uchun 1 kub metr tabiiy gazning qiymati 289,7 soʻmdan 320 soʻmgacha (oshish 10 foiz), korxonalar uchun 600 soʻmgacha yetishi mumkin. Bu holatda 1 kVt⋅soat elektr energiyasining narxi aholi uchun 228,6 soʻmdan 250 soʻmgacha (oshish 9,4 foiz), yuridik shaxslarga 470 soʻmgacha oshirilishi mumkin.

Ilgariroq “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ayni paytda gaz narxini oshirish uchun aniq maʼlumotlar yoʻqligini taʼkidlab oʻtgan edi.

“Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining koʻtarilishi yoki oʻzgarishini «Oʻztransgaz” hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala», — degan edi u.

Darvoqe, tadbir davomida tariflarning past darajada ekanligi qonunchilik amaliyotida elektr energiyasidan oqilona foydalanmaganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash amaliyoti koʻrsatib oʻtilmagani bilan birgalikda isteʼmolchilar tomonidan undan xoʻjasizlarcha, jumladan, sutkaning yorugʻ qismida ham yoritish uchun elektr energiyasidan nooqilona foydalanishga sabab boʻlayotgani aytib oʻtildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?