Oʻzbekistonda yangi koʻkrak nishoni taʼsis etilishi mumkin

2 daqiqa o'qish4.5K
Oʻzbekistonda yangi koʻkrak nishoni taʼsis etilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq taʼlimi vazirligining “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilishi rejalashtirilmoqda.

“Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan Xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni mustahkamlash, maʼnaviyatimizni yuksaltirish, yorqin isteʼdodi va ijodi, ilmiy va jamoatchilik faoliyati, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan faol, tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan xalq taʼlimi tizimi pedagog va xodimlar taqdirlanadilar.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Koʻkrak nishoni bilan boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi taʼlim muassasalarining pedagog va xodimlari ham yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ushbu vazirliklar va idoralar tavsiyanomasiga asosan taqdirlanishlari mumkin.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari va muassasalari tomonidan har yili 1 iyungacha Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi.

Koʻkrak nishoniga tavsiya etish, taqdim etilgan tavsiyanomalarni koʻrib chiqish va koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish tartibi hamda har yilgi taqdirlanadiganlar kvotasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarning taʼlim sohasida samarali mehnat qilib, jamoada hurmat-eʼtibor qozongan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan, “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi”, “Yilning eng yaxshi darslik muallifi” va Xalq taʼlimi tizimida oʻtkaziladigan boshqa koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, xalqaro konferensiyalar hamda respublika anjumanlarida oʻz maʼruzalari bilan faol ishtirok etib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan va mutaxassislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan, yangi darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, elektron dars ishlanmalarini yaratgan hamda yangi avlod darsliklarini tajriba-sinovdan oʻtkazgan, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etgan, ish tajribalari tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtirilgan, sohaga oid Davlat dasturlari va Hukumat qarorlari ijrosini taʼminlashda faollik koʻrsatib kelayotgan, sohaga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni tatbiq etgan, oʻquvchilari fan olimpiadalari, “Bilimlar bellashuvi” va Xalq taʼlimi tizimida oʻtkaziladigan boshqa koʻrik-tanlovlarda yuqori oʻrinlarni egallagan boʻlishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?