2 778
Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may, dushanba kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli to‘xtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Masalan, birgina aviatsiya tarmog‘ida 2020 yil yakunigacha dunyo bo‘yicha 113 milliard dollar yo‘qotilishi taxmin qilinmoqda.
Mamlakat transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.
Shu bois sohada pandemiyaning ta’sirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Karantindan eng ko‘p zarar ko‘radigan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari to‘lov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablag‘ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»