5 331
O‘zbekiston COVID-19 bo‘yicha xavfsizlik reytingida nechanchi o‘rin egallagani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston COVID-19 bo‘yicha xavfsizlik reytingida 200 davlat ichidan 121-o‘rin egalladi.
Deep knowledge group konsorsiumi tuzgan ushbu reyting 130 ta sifat va miqdor ko‘rsatkichlari hamda 11400dan ko‘proq band bo‘yicha tuzilib, unda davlatlar kiritgan karantin choralari samaradorligi, ular olib borayotgan monitoring, tashxislash, sog‘liqni saqlash tizimi tayyorligi va boshqa omillar hisobga olingan.
Reytingga umumiy hisobda 200 ta davlat kiritilgan. Reytingga ko‘ra, birinchi beshtalikdan Shveysariya, Germaniya, Isroil, Singapur va Yaponiya joy olgan. Birinchi o‘ntalikni esa Avstriya, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya yakunlagan.
Oxirgi o‘rinlarni Liberiya, Afg‘oniston, Chad, Mali, Ruanda va Janubiy Sudan egallagan.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston 10-o‘rinni, umumiy reytingda esa 121-o‘rinni egallagan. Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 71-o‘rinni, Qirg‘iziston 108-o‘rinni, Tojikiston 124-o‘rinni va Turkmaniston 131-o‘rinni egallagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4404 nafarga yetdi, undan vafot etganlar 18 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, koronavirusdan 3354 kishi sog‘ayib ketgan.
Deep Knowledge Group ilmiy tadqiqotlardan tortib, investitsiyalar, tadbirkorlik, tahlillar, OAV, xayriya va boshqa ko‘plab sohalarda ishlovchi tijorat va notijorat tashkilotlari konsorsiumi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»