2020 yil 1 oktabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axborotida ma’lum qilindi.
Qarorda karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish, xususan, xalqaro qatnovlarni tiklash orqali aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.
«Respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishi bo‘yicha bundan oldin kiritilgan cheklovlar yumshatilib, 2020 yil 1 oktabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi», deyiladi taqdim etilgan ma’lumotda.
Maxsus komissiyaning 2020 yil 31 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik yo‘riqnoma talablari barcha turdagi xalqaro aviaqatnovlarga va xalqaro temir yo‘l qatnovlarini amalga oshirish holatlariga ham tegishliligi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”