Samsung Galaxy A08 savdoga chiqdi: 6000 mA·ch batareya va 50 MP kamera

Samsung kompaniyasining byudjet turkumidagi yangi Samsung Galaxy A08 smartfoni kutilgan taqdimotidan oldinroq savdoga chiqarildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, qurilma Birlashgan Arab Amirliklaridagi mahalliy internet-doʻkonlardan birining katalogida paydo boʻlib, xaridorlarga taqdim etila boshladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozircha BAA bozorida smartofonning boshlangʻich 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega versiyasi sotilmoqda. Uni xarid qilish uchun taxminan 625 dirham yoki 170 AQSh dollari miqdorida mablagʻ talab etiladi. Bu narx qurilmani ommaviy xaridorlar uchun yanada qulay va jozibador qiladi.
Asosiy texnik xususiyatlar va imkoniyatlar
Yangi avlod modeli avvalgisi bilan solishtirganda bir qator ijobiy oʻzgarishlarni olgan. Xususan, Samsung Galaxy A08 qurilmasi 1600 × 720 piksellar kengaytmali hamda 90 Hz yanglanish chastotasiga ega yirik 6,7 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Old kamera 8 megapikselli linzaga tayanadi.Orqa panelda esa asosiy qoʻshaloq kamera moduli joylashgan boʻlib, u 50 megapikselli bosh datchik hamda 2 megapikselli yordamchi sensorlarni oʻz ichiga oladi. Bunday kamera jamlanmasi kundalik suratga olish vazifalarini sifatli bajarish imkonini beradi.
Batareya va unumdorlikdagi yangiliklar
Qurilmaning asosiy oʻziga xos jihatlaridan biri bu uning akkumulyatoridir. Manbaga koʻra, akkumulyator sigʻimi oldingi Samsung Galaxy A07 modeli bilan taqqoslaganda naqd 20 foizga oshirilib, 6000 mA·ch ga yetkazilgan. Shuningdek, 25 W quvvatga ega simli quvvatlash texnologiyasi ham qoʻllab-quvvatlanadi.Ishlash unumdorligiga kelsak, doʻkon tavsifida maksimal chastotasi 2,2 GGs boʻlgan nomaʼlum sakkiz yadroli protsessor koʻrsatilgan. Biroq bundan oldinroq ushbu smartfonda MediaTek Helio G99 protsessori oʻrnatilishi haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.
Smartfon korpusining qalinligi atigi 8 millimetrni tashkil etadi. Foydalanuvchilar qulayligi uchun ikkita SIM-karta ochkosi mavjud boʻlib, korpus chang hamda tomchilardan himoya qiluvchi IP64 darajasiga ega.






























Izohlar 0
…