O‘zbekistondagi masjidlarda juma namozlarini o‘qishga ruxsat berildi, deya xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.
Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 8 avgustdagi qarori bilan umumiy ovqatlanish ob’ektlari bilan bog‘liq karantin cheklovlari yumshatildi.
Yuqoridagilar asosida Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini ommaviy emlash ishlarini jadallashtirish, shuningdek, aholiga diniy ibodatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan kiritilgan takliflar har tomonlama muhokama qilindi.
Muhokama natijalari bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 13 avgustdan e’tiboran:
- masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish;
- masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangani to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) to‘g‘risidagi takliflar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’qullandi.
Shu bilan birga diniy ibodatlarni ado etish jarayonida tashrif buyuruvchilar tomonidan tibbiy niqobda bo‘lish hamda ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 iyuldan boshlab juma namozlarini masjidlarda o‘qish bekor qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi