Dushanba kuni Ten Xag MYU bosh murabbiyi sifatida birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Murabbiy klub bazasiga soat 8 da yetib bordi. Birinchi kuni futbolchilarning bir guruhi soat 9:30da, ikkinchi guruhi esa 11:30da bazaga kelgan.
Kelasi kundan esa Erik futbolchilarga ertalab soat 9 da klub bazasiga yetib kelish talabini qo‘ygan. Klubning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson ham 26 yillik faoliyatida mana shunday kun tartibini joriy qilgandi.
Ole-Gunnar Sulsher esa futbolchilarga soat 10da kelishga ruxsat berardi.
Ten Xag jamoada muhitni yaxshilash uchun futbolchilarni mashg‘ulotlardan so‘ng birga ovqatlanib, vaqtni birga o‘tkazishga chorlagan.
Ten Xagning yana bir talabi maydon chimi masalasida bo‘lgan. U klub xodimlaridan chimni 15 mm.gacha qisqartirishni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi