
Robert Levandovski so‘nggi bor "Bavariya" mashg‘ulotlariga keldi. Polyak ertalabki mashg‘ulotlarda jamoadoshlari bilan xayrlashdi, bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Oldingi uch mashg‘ulotga kechikib kelgan 33 yoshli futbolchi bu safar o‘z vaqtida keldi.
Futbolchiga asosiy da’vogar “Barselona” bo‘lib turibdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, polyak yaqin 24 soat ichida “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnoma imzolaydi.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" Levandovski uchun “nemis mashinasi”ga 50-60 million yevro atrofida to‘laydi.
Avvalroq, "Bavariya" o‘z tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan birini transfer qilish borasida "ko‘k-anorranglilar" bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Levandovski fevral oyidan buyon "Barselona" bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchi Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tish uchun ko‘plab jamoalar taklifiga rad javobini berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar