
Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan mavsumni “Inter” safida boshlaydi. 33 yoshli futbolchi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino uni Rimda olib qolishga harakat qilganini tan oldi.
- “Roma”ni tark etishim qiyin bo‘ldi. Bu jamoada uch yil ajoyib mavsumlarni o‘tkazdim, Konferensiyalar ligasi g‘olibi bo‘ldim. Lekin yoshim 33 da va men nufuzli sovrinlar yutishni istayman.
Mourino meni jamoada olib qolmoqchi edi. Klubda buni hamma xohlagandi. Lekin ketishim o‘zimga ham, “Roma”ga ham kerak edi. Chunki endi ular Paulo Dibalani oldi. Klub uchun xursandman, - dedi Genrix Mxitaryan.
Universal futbolchi “Inter” bilan 2024 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi. “Roma” unga bir yillik bitim berib, maoshini pasaytirishni taklif qilganidan keyin Genrix Milan klubiga o‘tib ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar