Argentina chempionati mutlaqo hayratlanarli tarzda yakunlandi. Oltin medallarni "Boka Xuniors" qo‘lga kiritdi, biroq so‘nggi daqiqagacha chempionlik "Racing"ga nasib qilishi mumkin edi.
So‘nggi tur oldidan “Boka” "Rasing"dan bir ochko oldinda edi va ular g‘alaba qozongan taqdirda chempionlik kafolatlangandi. "Racing" esa g‘alaba qozonishi va "ko‘k-oltinranglilar"ning ochko yo‘qotishini kutishi lozim edi. Agarda “Boka” mag‘lub bo‘lsa va “Rasing” durang o‘ynasa, chempionatning pley-off bosqichi o‘tkazilardi.
Endi esa eng qiziqarli voqeaga o‘tsak: mavsumning so‘nggi turida "Boka" "Independiyente", "Racing" esa "River Pleyt"ga qarshi to‘qnash kelishi kerak edi. Bu yerda nafaqat "Boka" va "River" o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshilik qiziq tuyulardi, balki "Independiyente" va "Racing" ham tarixiy raqiblar sanalardi. Agarda chempionlik uchun da’vogar klublarning vazifalari aniq bo‘lsa, unda bo‘lajak raqiblarda savol yuzaga kelardi: ular azaliy raqiblariga yordam beradimi?
Yaxshiyamki, hech qaysi jamoa bir-biriga atayin sovg‘a hozirlamadi va yakun hayratlanarli tarzda yuz berdi. Keling, tungi voqealar xronologiyasini kuzatamiz:
• 50-daqiqaga kelib, "Boka" "Independiyente"ni 2:1 hisobida mag‘lub etayotgandi (dastlab jamoa 0:1 hisobida ortda qolayotgandi), bu holatda chempionlik taqdiri "Racing"ning natijasiga bog‘liq bo‘lmasdi.
• Oradan 6 daqiqa o‘tgach, boshqa uchrashuvda hisob ochildi: Matias Roxas "Rasing" safida penaltidan gol urdi. Bu holat ham jadvalda hech narsani o‘zgartirmasdi, ammo endilikda "Boka"ning ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q edi.
• 81-daqiqada "Boka" marra sari yo‘lni qiyinlashtirdi: jamoa darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi, hisob esa 2:2 ko‘rinish oldi va onlayn jadvalda "Rasing" birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
• Biroq parallel o‘yinda vaziyat izdan chiqishda davom etdi, chunki "River" 80-daqiqada Migel Borxaning sa’y-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirdi va "Racing" ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.
• 90-daqiqada esa "Racing" penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Dastlabki 11 metrli nuqtadan standartni golga aylantirgan Roxas allaqachon almashtirilgandi. Chempionlikni taqdim etish yuki Xonatan Galvan zimmasiga tushdi. Ammo... JCH-2018da Argentina terma jamoasiga chaqirilgan "River Pleyt" darvozaboni Franko Armani zarbani qaytardi, qaytgan to‘pga esa "Racing"ning boshqa futbolchisi noaniq zarba berdi.
• Galvanning omadsizligidan besh daqiqa o‘tgach, 90+5 daqiqada Migel Borxa dubl qayd etib, "Rasing"ning chempionlik umidiga barham berdi va "River Pleyt"ga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Tamom-vassalom! Haqiqiy bayram esa boshqa stadionda boshlandi.
"Boka Xuniors" umumiy olganda, atigi +6 gollar farqi bilan, biroq unutilmas chempionlikni qo‘lga kiritdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi