
Abdumalik Halokov
Foto: Boks federatsiyasi
Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari 10 noyabr, payshanba kuni boʻlib oʻtmoqda.
-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov yarim finalda Moʻgʻuliston vakili Gantumur Lundaga qarshi ringga koʻtarildi. Halokov raundlarning barchasini oʻz foydasiga hal qildi va final yoʻllanmasiga ega boʻldi.
-63,5 kg vazn toifasi vakili Ruslan Abdullaev esa final yoʻllanmasi uchun Chu En Lai (Xitoy Taypeyi) bilan kuch sinashdi. Abdullaev jangda raqibiga hech qanday imkon qoldirmay, gʻalaba erishdi va final yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Avvalroq Hasanboy Doʻstmatov, Lazizbek Mullajonov va Saidjamshid Ja'farov final yoʻllanmasiga ega chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!