date
views 515

FIFA JCH—2022 dan so‘ng Argentina va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi ish ochdi

FIFA JCH—2022 dan so‘ng Argentina va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi ish ochdi
Foto: Getty Images
FIFA JCH—2022 dan so‘ng Argentina va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi intizomiy ish ochdi.

Argentina futbol assotsiatsiyasiga qarshi ish terma jamoaning Fransiyaga qarshi finaldagi o‘yinida Xalqaro futbol federatsiyasi intizom kodeksining ikki moddasini buzgani uchun ochilgan. Argentina finalda tajovuzkor xatti-harakat qilgan va halol o‘yin tamoyillarini buzgan.

Shuningdek, Janubiy Amerika vakillari Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial reglamentini buzgani uchun ham OAV va marketing qoidalariga tegishli modda bo‘yicha ham jazolanishi mumkin.

Xovatiya futbol ittifoqi esa 3-o‘rin uchun Marokashga kechgan bahsda FIFA tartib-intizom kodeksining 13 (diskriminatsiya) va 16 (o‘yin vaqtidagi tartib va xavfsizlik) moddalarining ehtimoliy buzilishi oqibatida jazolanishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA JCH—2022 dan so‘ng Argentina va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi ish ochdi
-->