18:17 / 28.01.2023
355

"Andijon"ning Antaliyadagi mashg‘ulotlariga kutilgan legionerlar qo‘shildi

"Andijon"ning Antaliyadagi mashg‘ulotlariga kutilgan legionerlar qo‘shildi
"Andijon"ning Antaliyadagi ikkinchi kungi mashg‘ulotlari ham reja asosida davom etyapti. Oldin xabar qilib o‘tganimizdek, kecha kechki paytda “Andijon”ga uch nafar legionerlar qo‘shildi. Ukrainalik darvozabon Igor Litovka, ukrainalik yarim himoyachi Levan Arveladze va gruziyalik yana bir yarim himoyachi Nodari Kavtaradze klub ixtiyoriga yetib keldilar. Bu xususida "Andijon" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kunning dastlabki yarmidagi mashg‘ulotlar trenajyor zalida va tabiiy maydonda bo‘lib o‘tdi. Dastlab murabbiylar – Anatoliy Kurlayev hamda Nikolay Shevchenko ko‘rsatmalari asosida futbolchilar trenajyor zalida shug‘ullandilar. Shundan so‘ng bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida futbolchilar maydonda jam bo‘ldilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, jamoamiz joylashgan 5 yulduzli “Asteria Kremlin Palace” mehmonxonasi shundoqqina o‘rta yer dengizi yonida joylashgan. Tabiiyki, jamoamizning mashg‘ulot maydoni ham o‘rta dengizi bilan yonma-yon.

Mashg‘ulot quvnoq kayfiyatda o‘tdi. Boshlanishidan oldin jonli “koridor” ham tashkil qilindi. Avvaliga bugun tug‘ilgan kunini qarshi olayotgan murabbiy Elyor Rahmatullayev, so‘ng yangi legionerlar – Litovka, Arveladze va Kavtaradzeni jonli “koridor” orqali jamoadoshlari iliq qarshi oldilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon"ning Antaliyadagi mashg‘ulotlariga kutilgan legionerlar qo‘shildi