09:19 / 12.02.2023
163

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Flamengo” “Al-Ahli”ni mag‘lub etib 3-o‘rinni egalladi

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Flamengo” “Al-Ahli”ni mag‘lub etib 3-o‘rinni egalladi
Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-o‘rin uchun bahsda “Flamengo” 11 fevral, shanba kuni “Al-Ahli” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Gabriel Barboza penaltidan hisobni ochdi. 38-daqiqada Ahmad Abdulqodir muvozanatni tikladi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo‘l oldi.

60-daqiqada Abdulqodir dublni rasmiylashtirdi. 69-daqiqada Xolid Abdulfattoh qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda “Al-Ahli” bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. 77-daqiqada Pedro hisobni tenglashtirdi. 84-daqiqada Gabriel yana bir bor penaltini aniq amalga oshirib, braziliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada Pedro dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa “Flamengo” jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-o‘rin sohibiga aylandi.

“Al-Ahli” (Misr) — “Flamengo” (Braziliya) 2:4
Gollar
: 0:1 – 11 Gabriel Barboza (penalti), 1:1 – 37 Abdulqodir, 2:1 – 60 Abdulqodir, 2:2 – 77 Pedro, 2:3 – 84 Gabriel Barboza (penalti), 2:4 – 90 Pedro.
“Al-Ahli”: El-Shenavi, El-Hanafi, Abdulmonim, Maalul (El-Shahat, 90), Abdulqodir, Fathi (Deng, 90), Attia, Abdulfattoh, Muhammad, Tau, Sherif (Hany, 75).
“Flamengo”: Santos, Varela, David Luiz (Pablo, 86), Fabrisio Bruno, Ayrton, Pulgar, Vidal, Everton Ribeyro (Everton, 63), de Arraskaeta, Tiago Mayya, Mateus Fransa, Gabriel Barboza, Pedro.
Ogohlantirishlar: de Arraskaeta (28), Abdulmonim (30), Attia (58), Fathi (75), Gabriel (90+12), Hany (90+12), El-Shahat (90+13).
Chetlatish: Abdulfattoh (69).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klublar o‘rtasidagi JCH. “Flamengo” “Al-Ahli”ni mag‘lub etib 3-o‘rinni egalladi